» O'zbek shoirlari » Abdulla Oripov » ABDULLA ORIPOV Hayoti va ijodi

 

ABDULLA ORIPOV Hayoti va ijodi

Muallif: admin, 15053 marta ko'rilgan

0 sherlar
ABDULLA ORIPOV
(1941)

Hayoti va ijodi: Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida, yani Yilboshi bayrami kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Nekoz qishlogida tugildi. Qishloq Qongirtov etagiga ornashgan bolib, oqar suv taqchil bolsa-da, seryomgir kelgan yillarda kokat-u maysalarga komilib qoladigan kengish joy edi. Bu haqda shoirning ozi: Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yogin kop tushar, Qongirtov etaklari ming xil ot-olan, chuchmoma-yu qizgaldoqlar bilan, quyontopig-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qozigullar bilan qoplanar, atrof-tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari toplanib qolgan kichik-kichik kollarni qoq deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmomay-u ismaloq, zamburug terib, Qongirtov etaklarida kunlarini kech qilar edi, deb yozadi.

Ana shunday gozal maskanda tugilib osgan Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla ogli ishbilarmon dehqonlardan bolib, jamoa xojaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo kopchilik ozbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, goyat tasirchan va ezgulikka tashna ayol bolgan. Oilada tort ogil, tort qiz bolib, Abdulla ogillarning kenjasi edi.

Bolaligi qishloqdagi boshqa tengdoshlariniki qatori otdi: qoy boqdi, suv tashidi, pichan ordi, yantoq chopdi, somon topladi. Ayni vaqtda, u boshqacharoq ham edi: qandaydir xayolchan, sertasir, oychil, kitobga haddan tashqari kongil qoygan. Abdulla hali maktabga bormay turib, qandaydir sozlarni bir-biriga uyqash qilib aytib yurishni xush korar, sozning mazmunidan ham kora ohangi uni rom etardi. Buni shoir keyinchalik shunday eslaydi: ...birinchi sherlar yoza boshlaganimga nima turtki bolganini aniq bilmayman. Har holda sozlarni qofiyalashga ishqiboz bolib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib, nimadir yozgim kelaverardi. Fikr esa yoq. Yozmaslikning ham iloji yoq.

[h2]Abdulla Oripov[/h2] oz qishlogidagi yetti yillik maktabda oqiy boshladi.
1958- yilda qoshni Tayzan ovulidagi orta maktabni oltin medal bilan bitirgan yigit Toshkent davlat universiteti (hozirgi OzMU) Ozbek filologiyasi fakulteti jurnalistika bolimiga oqishga kirib, uni 1963- yilda imtiyozli diplom bilan bitirdi. Abdulla Oripov oliy maktabni tugatgach, Toshkentdagi sobiq Yosh gvardiya nashriyotiga muharrir bolib ishga kiradi. Bu yerda tort yil ishlagach, 19671974-yillarda Gafur Gulom nomidagi nashriyotda muharrir, katta muharrir bolib xizmat qiladi. 19741976- yillarda Sharq yulduzi jurnalida bolim boshligi boladi.
Olovli sheriyati bilan muxlislarining mehrini qozongan shoir 19761982- yillar orasida Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy maslahatchisi sifatida adabiyotga endi kirib kelayotgan yosh ijodkorlarga rahnamolik qildi. 19821983- yillarda Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bolimida masul kotib bolib faoliyat korsatdi. 1983- yilda shoir oquvchilarning jurnali Gulxanning bosh muharriri boldi va u yerda 1985-yilgacha, yani Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi lavozimiga otguncha ishladi. Uyushmaning kotibi sifatida uch yil ishlagan Abdulla Oripov 1988-yilda Ozbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish qomitasi raisi vazifasiga otkazildi. 1996-yilning mart oyidan 2009 yilga qadar shoir Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi vazifasida mehnat qildi.
Abdulla Oripov 1983- yilda Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor boldi. Shu yili unga Ozbekiston xalq shoiri unvoni berildi. 1994-yilda Alisher Navoiy nomidagi respublika davlat mukofotiga loyiq korildi, 1998-yilda esa shoir Ozbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Abdulla Oripov Ozbekiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifidir.
Birinchi marta respublika matbuotida Qushcha deb atalgan sheri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. Shoirning birinchi sherlar toplami Mitti yulduz esa 1965-yilda chop etilgan. Undan keyin Kozlarim yolingda (1967), Onajon (1969), Ruhim (1971), Ozbekiston, Qasida (1972), Xotirot (1974), Yurtim shamoli (1974), Jannatga yol (1978), Hayrat (1979), Hakim va ajal (1980), Najot qalasi (1981), Yillar armoni (1983), Haj daftari (1992), Saylanma (1996), Sohibqiron (1996), tort tomlik Tanlangan asarlar (20002001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi.
Abdulla Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening Ilohiy komediya asarini, L.Ukrainka, T.Shevchenko, N.Nekrasov, Q.Quliev, R.Hamzatov singari shoirlarning sherlarini mahorat bilan ozbekchaga ogirgan.

ABDULLA ORIPOV Hayoti va ijodi ni doc ko'rinishida yuklab olish ()
.



Kategoriya: O'zbek shoirlari » Abdulla Oripov

Hurmatli mehmon, Siz saytda ro'yxatdan o'tmaganmisiz?

Saytga o'z ismingiz bilan kirish uchun Registratsiyadan o'tishni taklif etamiz.

 
Abdulla Oripov, Ahad Qayum, armon bogan muxabbat, armonli sevgi, Ayol, Ayollar haqida, Baxt, DEYL KARNEHGI, Do'st, go'zallik, gulga savol, Hayit tabrik, Hayot haqida-Emmet Foks, Hayrli tun, Muhammad Yusuf, O'zbek, OLLOH BUYUK, Ona, Ona haqida, Prikol SMS, saku, Sevgi, Sevgi haqida sherlar, sevgi sher, Sevgi sms, sevgi smslari, SMS, SMS SHER, Sog'inch, Statuslar, Tabrik SMS, Talaba, Tug'ilgan kun, uylanish, xazil sherlar, Zulfiya, , , ,