Шерлар » O'zbek shoirlari » Erkin Vohidov » O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa...

 

Hurmatli mehmon, Siz sms.sherlar-uz.com saytida sevgi haqida, ota-ona haqida, va ayniqsa hamma uchun kerak bo'lgan tabrik SMS "sherlar"ini, va turli SmSlar va "Aforizmlar"ni topishingiz mumkin.

Qandaydir yangi SMS, Sher yoki Aforizm'ni saytimizga qo'shishni hohlasangiz bu juda oson: Saytga o'z loginingiz bilan kiring(Agar sizga login bo'lmasa Регистрацияdan o'ting) va Добавить новость ga bo'sing.

O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa...

Muallif: admin, 4492 marta ko'rilgan

0 Скачать приложение sherlar для андроид
O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa,
Oltin boshning kalla bo'lgani shudir.
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo'lgani shudir.

O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa,
Dod demoqqa palla bo'lgani shudir.
Ma'rifatdan ayri o'ynasa, kulsa,
Aza chog'i yalla bo'lgani shudir.

O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa,
Aldangani, alla bo'lgani shudir.
Yulg'ich aziz bo'lib, bilgich xor bo'lsa,
Paytavaning salla bo'lgani shudir.

El komil bo'lmasa, yurt emas ulug',
Beqadr mahalla bo'lgani shudir.
Qalb to'la nur xalqning rizqi ham to'lig',
Ombor to'la g'alla bo'lgani shudir.

O'zbek o'zligini anglasa bekam,
Uning "Barakalla" bo'lgani shudir.
Olamga Navoiy nasliman degan
Ovozi baralla bo'lgani shudir.

1971-2000-yillar

Erkin Vohidov

.



Kategoriya: O'zbek shoirlari » Erkin Vohidov

Hurmatli mehmon, Siz saytda ro'yxatdan o'tmaganmisiz?

Saytga o'z ismingiz bilan kirish uchun Registratsiyadan o'tishni taklif etamiz.

 
Abdulla Oripov, Ahad Qayum, armon bogan muxabbat, armonli sevgi, Ayol, Ayollar haqida, Baxt, DEYL KARNEHGI, Do'st, go'zallik, gulga savol, Hayit tabrik, Hayot haqida-Emmet Foks, Hayrli tun, Muhammad Yusuf, O'zbek, OLLOH BUYUK, Ona, Ona haqida, Prikol SMS, saku, Sevgi, Sevgi haqida sherlar, sevgi sher, Sevgi sms, sevgi smslari, SMS, SMS SHER, Sog'inch, Statuslar, Tabrik SMS, Talaba, Tug'ilgan kun, uylanish, xazil sherlar, Zulfiya, Афоризмы про любовь, Женщины, Любовь, О любви

Показать все теги