Шерлар » Sherlar » Ertamdan

 

Ertamdan

Muallif: Hilola Yakubova, 1552 marta ko'rilgan

0 Скачать приложение sherlar для андроид
Ertamdan etmay judo
Hamroh etib ishqlarni
Ko'nglimga solgin Alloh
Quvnab orziqishlarni!

Yetmish ikki tomirim
Aro ming shayton kezar.
Navbat bilan o'tkazay
Bahor, yoz, kuz, qishlarni!

Duoga ochib qo'lim,
Deyman o'zing ber yo'lim.
Hayot qancha beshavqat
Bo'lsa shunchalar so'lim!

Ertangi kunlarimga
Tayanib yashay deyman.
Mehru muruvvatinga
Suyanib yashay deyman!

Bu bevafo dunyoda
Yaxshiga kun ber o'zing,
Yomon bilan yondoshib
Tilanmas uchun o'lim...

Xamrohim erur mangu
Ezgu o'y fikr, Alloh!
Bu dunyodan ne topsam
O'zinga shukr, Alloh...



Kategoriya: Sherlar

Hurmatli mehmon, Siz saytda ro'yxatdan o'tmaganmisiz?

Saytga o'z ismingiz bilan kirish uchun Registratsiyadan o'tishni taklif etamiz.

 
Abdulla Oripov, Ahad Qayum, armon bogan muxabbat, armonli sevgi, Ayol, Ayollar haqida, Baxt, DEYL KARNEHGI, Do'st, go'zallik, gulga savol, Hayit tabrik, Hayot haqida-Emmet Foks, Hayrli tun, Muhammad Yusuf, O'zbek, OLLOH BUYUK, Ona, Ona haqida, Prikol SMS, saku, Sevgi, Sevgi haqida sherlar, sevgi sher, Sevgi sms, sevgi smslari, SMS, SMS SHER, Sog'inch, Statuslar, Tabrik SMS, Talaba, Tug'ilgan kun, uylanish, xazil sherlar, Zulfiya, Афоризмы про любовь, Женщины, Любовь, О любви

Показать все теги