Onamga xat

Muallif: admin, 9188 marta ko'rilgan

0
Onamga xat

Men sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmayman,
Tunlari charog'on shunday shaharda,
Hech kimga ko'nglimni yora olmayman.

Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim,
Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat.

Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men - zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman...

Mana, ketayapman tosh yo'lda ko'zim,
Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos.
Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim,
Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos.

Va sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmasdan.
Tunlari charog'on shunday shaharda
Hech kimga ko'nglimni yora olmasman...

Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.
Baxtimga hamisha Siz sog' bo'ling deb,
Sog'ingan o'g'lingiz - Muhammad Yusuf.



Teglar: Ona

Kategoriya: Ota-ona haqida sherlar, Muhammad Yusuf

Hurmatli mehmon, Siz saytda ro'yxatdan o'tmaganmisiz?

Saytga o'z ismingiz bilan kirish uchun Registratsiyadan o'tishni taklif etamiz.

 
Abdulla Oripov, Ahad Qayum, armon bogan muxabbat, armonli sevgi, Ayol, Ayollar haqida, Baxt, DEYL KARNEHGI, Do'st, go'zallik, gulga savol, Hayit tabrik, Hayot haqida-Emmet Foks, Hayrli tun, Muhammad Yusuf, O'zbek, OLLOH BUYUK, Ona, Ona haqida, Prikol SMS, saku, Sevgi, Sevgi haqida sherlar, sevgi sher, Sevgi sms, sevgi smslari, SMS, SMS SHER, Sog'inch, Statuslar, Tabrik SMS, Talaba, Tug'ilgan kun, uylanish, xazil sherlar, Zulfiya, Афоризмы про любовь, Женщины, Любовь, О любви

Показать все теги