Hayot bir shunchalik hikoya emas,

Автор: admin посмотрело: 6507

0
Hayot bir shunchalik hikoya emas,
Uni bir o'qishda o'qib qo'ygani,
Hayotning yo'llari bir tekis emas,
Uni bir qadamda o'tib qo'ygani,
 

O'zingizni ehtiyot qiling!

Автор: admin посмотрело: 10057

0
Ko'zlar hali ko'rib turganda,
Yurak hali urib turganda,
Oyog'ingiz yurib turganda,
O'zingizni ehtiyot qiling!

Baxt kelganda suyunib ketmang,
G'am kelganda kuyunib ketmang.
Sokin yashang, osuda yashang,
O'zingizni ehtiyot qiling!
 

Tabrik sher

Автор: admin посмотрело: 31673

0
Muborak ayyomning tiniq tongiday,
Musaffo ranglarga to'lganda borliq.
Xushbo'y tabiatning yetti rangiday,
Osmon gardishida qolganda yorliq.
Eng porloq tuyg'ularni tilayman sizga,
Eng shirin orzularni tilayman sizga.
*** bo'lsin muborak!
 

Onalik nasib qilsin!

Автор: admin посмотрело: 5228

0
Go'zal uzbek qiziga,
O'rangan oy yuziga,
Quvonch to'lib ko'ziga,
Onalik nasib qilsin.

Borib yorning uyiga,
Yarashib yor bo'yiga,
Yetib beshik to'yiga,
Onalik nasib qilsin.
 

Shunda ham men sizni sevaveraman...!

Автор: admin посмотрело: 11700

1
Bugun yana oldim qo'limga qalam,
Siz uchun sherlarim yozaveraman.
Sevmasligingiz menga qilsada a'lam,
Shunda ham men sizni sevaveraman.

Ko'rib qolsam sizni uzoqdan nogox,
Telbadek tikilib turaveraman.
Gar sizni sevishim bo'lsada gunox,
Shunda ham men sizni sevaveraman.
 

TUG'ILGAN KUNINGIZ BO'LSIN MUBORAK!

Автор: admin посмотрело: 12052

0
Atirgul gulidan sizga guldasta,
Chin yurak so'zlarim unga payvasta,
Bir asr yashangu yana nim chorak.
TUG'ILGAN KUNINGIZ BO'LSIN MUBORAK!
 

Ko'zingizga ko'ngil tushdi boqib keting

Автор: Hilola Yakubova посмотрело: 3354

0
Ko'zingizga ko'ngil tushdi boqib keting, boqib keting,
O'tli-o'tli boqib mayli shu jonimni yoqib keting.
O'tli-o'tli boqmasangiz, shu jonimni yoqmasangiz,
Ko'z yoshlarim daryosida oqib keting, oqib keting!
 

Sog'inaman bir dam ko'rmasam

Автор: admin посмотрело: 7510

0
Sog'inaman bir dam ko'rmasam,
Buni she'rda ayladim izhor.
Bahtiyorman yorug' dunyodan,
Chunki senday mehribonim bor.
 

Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Автор: admin посмотрело: 14785

2
Bir qo`lda beshik, bir qo`lda bolasi,
Dard alam cheksa ham chiqmas nolasi.
Hech qachon uzulmasdi mexr tolasi,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Fayzidan xonadon orasta bo`lar,
O`smalar qoshiga payvasta bo`lar.
Gullar qo`llarida guldasta bo`lar,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.
...
 

Qo‘ng‘iroq qilarman... Ming yildan keyin. Guljamol Asqarova

Автор: admin посмотрело: 10732

0
Men sizni bezovta qilmasman ortiq,
Bildim, bo‘g‘zingizga keldi malolim.
Ammo men netayki ishqsiz dunyoda,
Mudom bo‘yningizda qolmish zavolim.
Yodingizga yodim maloli kelmish,
Ko‘zingiz zerikkan mendan bilaman.
...
 

Endi men ham senga o`g`ilmi, Onam!...

Автор: admin посмотрело: 8507

0
"Onamga"

Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam.
...
 

Onajon

Автор: admin посмотрело: 10388

0
Onajon

Topmoq - yo`qotmoqdir,
Yo`qotmoq – topmoq,
Sen so`lib,
Men yashab,
To`lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko`proq yo`qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig`latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
 

Onamga xat

Автор: admin посмотрело: 9501

0
Onamga xat

Men sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmayman,
Tunlari charog'on shunday shaharda,
Hech kimga ko'nglimni yora olmayman.

Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim,
Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat.
 

Bugungi ayomiz muborak bo'lsin!

Автор: admin посмотрело: 9364

0
Qalbingiz hamisha quvonchga to'lsin,
Shodlik baxt doimo hamroxingiz bo'lsin,
Har bir kuningizga Olloh fayz bersin,
Bugungi ayomiz muborak bo'lsin!

 

Har kuningiz o'tsin bayramday har on!

Автор: admin посмотрело: 5862

2
Baxor chechaklari bo'lsin armug'on,
Siz nurli insonsiz baxtli begumon,
Bayramla qutlayman bo'ling shodumon,
Har kuningiz o'tsin bayramday har on!
 
 
Abdulla Oripov, Ahad Qayum, armon bogan muxabbat, armonli sevgi, Ayol, Ayollar haqida, Baxt, DEYL KARNEHGI, Do'st, go'zallik, gulga savol, Hayit tabrik, Hayot haqida-Emmet Foks, Hayrli tun, Muhammad Yusuf, O'zbek, OLLOH BUYUK, Ona, Ona haqida, Prikol SMS, saku, Sevgi, Sevgi haqida sherlar, sevgi sher, Sevgi sms, sevgi smslari, SMS, SMS SHER, Sog'inch, Statuslar, Tabrik SMS, Talaba, Tug'ilgan kun, uylanish, xazil sherlar, Zulfiya, Афоризмы про любовь, Женщины, Любовь, О любви

Показать все теги