Шерлар » Sherlar » Sevgi haqida sherlar » Qo‘ng‘iroq qilarman... Ming yildan keyin. Guljamol Asqarova

 
Sevgi haqida sherlar kategoriyasidan barcha "sevgi haqida"gi sherlarni topishingiz mumkin. Masalan: Sevgi izhorlari, sog'inch sherlar, ayriliq sherlar, hiyonat haqida'gi sherlar shular jumlasidan.

Qo‘ng‘iroq qilarman... Ming yildan keyin. Guljamol Asqarova

Muallif: admin, 11106 marta ko'rilgan

0 Скачать приложение sherlar для андроид
Men sizni bezovta qilmasman ortiq,
Bildim, bo‘g‘zingizga keldi malolim.
Ammo men netayki ishqsiz dunyoda,
Mudom bo‘yningizda qolmish zavolim.
Yodingizga yodim maloli kelmish,
Ko‘zingiz zerikkan mendan bilaman.
Go‘zal tuyg‘ularim xo‘rlangan joyda,
Men nima qilaman?
Yig‘lab chorlamasman ilojin topsam,
Endi ko‘zingizda otmas tonglarim.
Nurdan tuproqqacha sirli dunyoda,
Men Sizni angladim?
Nur izlab kelgandim dunyoingizga,
Zulmatlar darchasin yopolmadim hech.
Ayriliq ranglari to‘lgan dunyoda,
Men yashil rangimni topolmadim hech.
Xayr, men o‘ziga begona odam,
Sizga ham qadrdon bo‘lmog‘im qiyin.
Mabodo sog‘inib qolsangiz agar,
Qo‘ng‘iroq qilarman...
Ming yildan keyin.

Guljamol Asqarova

.



Kategoriya: Sevgi haqida sherlar, O'zbek shoirlari

Hurmatli mehmon, Siz saytda ro'yxatdan o'tmaganmisiz?

Saytga o'z ismingiz bilan kirish uchun Registratsiyadan o'tishni taklif etamiz.

 
Abdulla Oripov, Ahad Qayum, armon bogan muxabbat, armonli sevgi, Ayol, Ayollar haqida, Baxt, DEYL KARNEHGI, Do'st, go'zallik, gulga savol, Hayit tabrik, Hayot haqida-Emmet Foks, Hayrli tun, Muhammad Yusuf, O'zbek, OLLOH BUYUK, Ona, Ona haqida, Prikol SMS, saku, Sevgi, Sevgi haqida sherlar, sevgi sher, Sevgi sms, sevgi smslari, SMS, SMS SHER, Sog'inch, Statuslar, Tabrik SMS, Talaba, Tug'ilgan kun, uylanish, xazil sherlar, Zulfiya, Афоризмы про любовь, Женщины, Любовь, О любви

Показать все теги