Шерлар » SMSlar » SMS talaba » Ishyoqmas talabalar nomidan: (Sessiyani eslatma!)

 

Ishyoqmas talabalar nomidan: (Sessiyani eslatma!)

Muallif: admin, 15313 marta ko'rilgan

0 Скачать приложение sherlar для андроид
Ishyoqmas talabalar nomidan:
(Sessiyani eslatma!)

Kel, yaxshilikdan gapir,
Qora kularga qaytma,
Yuragim ezma axir,
Sessiyani eslatma!

Yildan uzun kunlarim,
Pul izlagan tunlarim,
Bechora cho’ntaklarim,
Sessiyani eslatma!

Eh domlajon, domlajon,
Bir bora bering imkon,
Bahoni qo’yib bering,
Kiydiray, sarpo chopon!

Talabalik davrini,
Derdilar oltin davr,
Domlajon sizni kutib,
Zallarda o’tdi umr.

Ey diplmjon, diplomjon,
Diydoringa yetolmay,
Ketdi qancha oltinlar,
Kursdan kursga o’tolmay.

Talaba bir tosh ekan,
Domla ekan tegirmon,
Ota onang sog’ bo’lsa,
Yaxshi o’tar imtixon.

Hech kim bermas tiyin qarz,
Qoldirganman mingta dars,
Yaxshi gapdan gapir bas,
Sessiyani eslatma!

Shu yil kursdan o’tvolsam,
Qani edi men omon,
Keyingi yil darslarni,
Qoldirmasdim hech qachon!!!

Dars qilish boshga zarar,
Yo’qku birorta daftar,
Yaxshi baholar olish,
Qiyin, o’limdan battar…

Biling do’stlar hayotda,
Maqsadim juda kata,
Oliy ma’lumot olib,
Olim bo’lgum albatta.

Faqat bugun o’tvolsin,
Uxlab olay bir marta!
Iltimos, sendan do’stim,
Sessiyani eslatma!

Haydalsam gar o’qishdan,
Bozorda ish yomonmas,
Eh, diplomjon sensiz ham,
Kunlarim o’tmay qolmas.

Men ishyoqmas emasman,
Uyqu kelar bir pasda,
Uyg’otib meni qasddan,
Sessiyani eslatma!

Ahad Qayum



Teglar: Ahad Qayum

Kategoriya: SMS talaba, Ahad Qayum

Hurmatli mehmon, Siz saytda ro'yxatdan o'tmaganmisiz?

Saytga o'z ismingiz bilan kirish uchun Registratsiyadan o'tishni taklif etamiz.

 
Abdulla Oripov, Ahad Qayum, armon bogan muxabbat, armonli sevgi, Ayol, Ayollar haqida, Baxt, DEYL KARNEHGI, Do'st, go'zallik, gulga savol, Hayit tabrik, Hayot haqida-Emmet Foks, Hayrli tun, Muhammad Yusuf, O'zbek, OLLOH BUYUK, Ona, Ona haqida, Prikol SMS, saku, Sevgi, Sevgi haqida sherlar, sevgi sher, Sevgi sms, sevgi smslari, SMS, SMS SHER, Sog'inch, Statuslar, Tabrik SMS, Talaba, Tug'ilgan kun, uylanish, xazil sherlar, Zulfiya, Афоризмы про любовь, Женщины, Любовь, О любви

Показать все теги